Hodisa

Toshkentda Oloy bozori qarshisida avtomobil yonib ketdi

Jabrlanganlar yo‘q.

15-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumot tarqaldi. Poytaxtdagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ushbu hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Yunusobod tumani Oloy bozori ro‘parasidagi Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida soat 13:25 da xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikasi soat 13:28 da ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, yong‘in soat 13:30 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida sig‘imi qariyb 5 tonna bo‘lgan MAN rusumli yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kish vaqtida texnologik nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная