Hodisa

Toshkentda o‘smir va uning muqaddam sudlangan do‘sti smartfonlar do‘konini tunadi

Ular 309 million so‘mlik 41 ta iPhone’ni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Toshkentda o‘smir va uning muqaddam sudlangan do‘sti smartfonlar do‘konini tunadi

Toshkentda do‘konni o‘margan voyaga yetmagan va uning sudlangan do‘sti qo‘lga olindi Toshkentda do‘konni o‘margan voyaga yetmagan va uning sudlangan do‘sti qo‘lga olindi, ular qiymati 330 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 41 ta iPhone va telefon aksessuarlarini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, do‘kon egasi ertalab eshik singanini, buyumlar va tovarlar yo‘qolganini aniqlagach, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Chilonzor tumani IIB xodimlari gumonlanuvchilarni topib, qo‘lga olishdi, ular voyaga yetmagan yigit va uning o‘g‘irlik uchun uch marta sudlangan va jazo muddatini o‘tayotgan do‘sti bo‘lib chiqdi.

Gumonlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘g‘irlikni oldindan rejalashtirgan, shisha eshikni sindirgan, shundan so‘ng 41 ta telefon bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab, arralab tashlagan.

“Do‘stim bilan buni oldindan rejalashtirgan edik. G‘oya meniki edi, u rozi bo‘ldi. Biz o‘sha do‘konga bordik. Oynali eshikka tosh otdim. Biz bir necha daqiqa kutib turdik, keyin do‘konga kirdik. Shkafni ochsam, biz olib ketgan seyf turibdi. Bolgarkani ijaraga olishdi, seyfni arralashdi, ichida 41 ta telefon bor ekan”, — dedi gumonlanuvchi.

Shuningdek, qo‘lga olingan shaxs o‘g‘irlangan telefonlarni sotishga ulgurganini, pullarni esa o‘zaro bo‘lishib olganini aytdi. Yigitlar qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lib, uzr so‘rashdi va boshqa bunday qilmaslikka va’da berishdi. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, muqaddam sudlangan fuqaro qamoqqa olingan.

Uning voyaga yetmagan sherigiga nisbatan tartib posbonlari tomonidan shaxsiy kafillik tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida bosqinchi huquq-tartibot idoralari xodimlariga o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi. Jinoyatchi do‘konni o‘marishga va qochishga uringan, ammo buning uddasidan chiqa olmagach, o‘zini so‘yib tashlashini aytgan.

Izohlar

Mavzuga oid