Toshkentda mushukni mashinadan uloqtirib yuborgan erkak jazolandi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari haydovchini zudlik bilan topishdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari Toshkentda Nexia oynasidan mushukni otib yuborgan haydovchini aniqladi.
Hodisa videosi 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 15 iyun kuni Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Erkakning motivlari noma’lumligicha qolmoqda.
Haydovchiga nisbatan 111-modda – hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning uch baravaridan besh baravarigacha (1,125 – 1,875 million so‘m) jarima solinishi mumkin.
Videodagi kadrlarga ko‘ra, mushuk yiqilganidan keyin mashina ostiga yashirinishga uringan, biroq haydovchi harakatni boshlagan. Jabrlangan hayvon g‘ildiraklardan qochib, chetga qochgan, uning taqdiri ham noma’lum.
Avvalroq Toshkentda haydovchi mushukni urib yuborib, uning egasini kapotda aylantirib yuborgandi. Erkak jabrlangan uy hayvonini veterinarga olib borish iltimosiga javoban ayolni bosib ketgan.
Izohlar