Hodisa

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan qizni qutqardi — video

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, huquq-tartibot idoralari tergov boshlagan.

7-oktyabr kuni Toshkentda Milliy gvardiya xodimi “Bo‘rijar” suv kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Hodisa soat 00:05 da Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borayotgan gvardiya xodimlari cho‘kayotgan odamni qutqarib qolishdi. Tibbiy yordam yetib kelgunga qadar huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanuvchini suvdan olib chiqib, unga birinchi yordam ko‘rsatgan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, fuqaro Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada ham IIB xodimi cho‘kayotgan qizning hayotini saqlab qolgandi. Erkak fuqaroni suvdan olib chiqib, voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная