Toshkentda metroda yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi
Ayblanuvchi qizni ko‘rib, unga tegajog‘lik qila boshlagan, so‘ngra belidan pastki qismiga qo‘l tekkizgan.

20-may kuni Toshkentda metro yo‘lovchisiga tegajog‘lik qilgan yigitga besh sutkalik qamoq jazosi berildi, deb xabar qilindi sud qarorida.
Voqea 16-may kuni soat 10:10 da sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi Shayxontohur tumanidagi “Paxtakor” metro bekatida bo‘lib, qizni ko‘rgach, uning oldiga borib belidan pastki qismiga qo‘l tekkizgan.
Sudda erkak aybini tan olib, pushaymon ekanligini va bunday xatti-harakatni boshqa takrorlamasligini bildirgan. Sud qarori bilan yigitga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Jinsiy shilqimlik) bo‘yicha 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda ham o‘qituvchi ta’qib va shaxsiy ma’lumotlarni tarqatgani uchun besh sutkaga qamalgandi. Shuningdek, unga qamoq xarajatlari uchun 281 250 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklatilgan.
Izohlar