Toshkentda Labo yuk mashinasi yonib ketdi 4-yanvar kuni kechasi Toshkentda metro bekati yaqinida Labo yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB matbuot xizmati.

Yong‘in soat 22:05 da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Mirzo Tursunzoda ko‘chasida, “Yangihayot” metro bekati yonida sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:13 da yetib borib, yong‘in soat 22:14 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, “Kadisheva” bozorida navbatdagi yong‘in sodir bo‘lgandi. Mutaxassislar yong‘inni tezda bartaraf etgan. Yong‘in sababi va zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘in 13-dekabrga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘lgan oziq-ovqat blokining ikkinchi qavatiga olib chiqadigan zinapoya yaqinidagi Tegen do‘konida sodir bo‘lgan.