Toshkentda Matiz va Dongfeng avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi — video
Zarba kuchidan daraxt qulab tushgan, haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

19-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yirik YTH sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 18-oktyabr kuni taxminan soat 20:30 larda Yunusobod tumani Istiqlol va Zarafshon ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv Matiz va Dongfeng avtomobillari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Zarba kuchidan daraxt qulab tushgan, haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda YPX xodimi bir nechta avtomobil bilan YTH sodir etgandi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri va inspektor jarohatlangan. Hodisa vaqtida barcha haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Izohlar