Toshkentda Matiz haydovchisi elektr velosipedda ketayotgan odamni urib yubordi
Velosipedchiga tez tibbiy yordam kerak bo‘ldi.

21-oktyabr kuni Toshkentda Matiz haydovchisi elektr velosipedda odamni urib yubordi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat 13:40 da Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Matiz haydovchisi elektr velosipedda odamni urib yubordi. YTH oqibatida elektr velosiped haydovchisiga birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada haydovchi maktab yonidagi piyodalar o‘tish joyida uch nafar o‘quvchini urib yuborgandi. Bolalar jarohat olgan, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar