Toshkentda mast Malibu haydovchisi YPX xodimlari bilan janjal ko‘tardi — video
Xuddi shu avtomobil haydovchisi bundan avval YHQni buzganidan keyin inspektor tomonidan “do‘stining qo‘ng‘irog‘i tufayli” qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

25-noyabr kuni Toshkentda mast holatdagi Malibu haydovchisi YPX xodimlari bilan janjal ko‘tardi, vaziyatga IIB xodimlari aralashishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Voqea taxminan soat 23:06 da sodir bo‘lgan, Mirobod tumani Chimkent ko‘chasidagi restoran xodimlari tuman qo‘riqlash xizmatiga mast holatdagi bir fuqaro janjal ko‘tarayotganini ma’lum qilgan. Soat 23:10 da voqea joyiga tuman qo‘riqlash bo‘limining tezkor xodimlari yetib borgan.
Uning qonunbuzarliklariga chek qo‘yishga urinilganda, u qo‘riqlash xodimlarining qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Unga nisbatan qonunga muvofiq jismoniy kuch ishlatilgan, shundan so‘ng fuqaro zararsizlantirilib, tuman IIBga topshirilgan, — deyiladi xabarda.
Hozirda fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Uning harakatlariga huquqiy baho berish uchun ish tuman sudiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shu avtomobil haydovchisi YPX xodimi ishtirokidagi holatda ham ko‘rilgan edi. O‘shanda inspektor “do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgani” uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan erkakni
Eslatib o‘tamiz, Namanganda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Onix haydovchisi YPX xodimini urib yuborgandi. Huquq-tartibot idorasi xodimi og‘ir jarohatlar tufayli shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Izohlar