Hodisa

Toshkentda mast holda jinsiy shilqimlik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi

Erkak o‘z aybini tan oldi.

Toshkentda mast holda jamoat joyida uyatsiz harakatlar sodir etgan 46 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 29 sentyabr kuni Sergeli-2 mavzesidagi uylardan birining podyezdi yonida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan erkak ayol va uning singlisiga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan. Sud jarayonida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, o‘z harakatlarini mastlik holati bilan oqladi.

Natijada Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi erkakni MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topib, besh sutkaga qamoq jazosi tayinladi.

Avvalroq Toshkentda kuryer qizga tegajog‘lik qilgani va besh sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. Guvohlar huquq-tartibot xodimlariga jinoyat haqida xabar bergan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная