Toshkentda Mangal Fest festivalida ommaviy mushtlashuv yuz berdi — video
Tadbirda go‘shtli taomlar va musiqadan tashqari, ko‘plab pivo turlari ham taqdim etilgan.

2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mangal Fest festivalida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylangani aks etgan video tarqaldi. IIBB voqeaga izoh berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Mangal Fest tadbiri vaqtida sodir bo‘lgan. Fuqarolar o‘rtasidagi kichik janjal mushtlashuvga aylandi. Huquq-tartibot idoralari va Milliy gvardiya xodimlari vaziyatga zudlik bilan aralashib, mojaroning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymadi.
Janjal ishtirokchilarining barchasi shaxsiga aniqlik kiritilib, profilaktik suhbat o‘tkazish uchun yaqin oradagi IIBga olib borilgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Uning natijalariga ko‘ra, fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Ma’lum qilinishicha, maydonchada go‘shtli taomlar va musiqadan tashqari ko‘plab pivo turlari ham namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda uch nafar yollanma ishchi ko‘cha o‘rtasida janjallashib qolgandi. Ish janjalgacha yetib bormagan, biroq vaziyat bilan IIBB qiziqqan.
Izohlar