Toshkentda maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
Qutqaruv guruhlari qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-maktabda sodir bo‘lgan yong‘in videolari tarqalmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga izoh berdi.
Voqea 13-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga soat 17:23 da ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 208-maktab hududidagi bo‘sh turgan binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:28 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 17:39 da qurshab olingan va soat 17:42 da to‘liq bartaraf etilgan.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda maktabda xodimlar va o‘quvchilar bo‘lmagan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmadi. Yong‘inning taxminiy sababi ta’mirlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik bo‘lgan. Hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar