Hodisa

Toshkentda maktab o‘quvchilari “Birinchi qo‘ng‘iroq” vaqtida ariqqa tushib ketdi

Bolalarni himoya qilish uchun chuqur yopildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” paytida toshkentlik maktab o‘quvchisi ariqqa tushib ketgani aks etgan video paydo bo‘ldi. MMTB holatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea poytaxtning Yashnobod tumanidagi 30-maktabda sodir bo‘lgan. Voqeani o‘rganish uchun ta’lim boshqarmasi ishchi guruhi yig‘ildi.

O‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan tezkorlik bilan hovlidagi ariq temir panjara bilan to‘sildi.

Avvalroq O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan sport maktablari ish boshlashi haqida xabar berilgandi. Bitiruvchilar tegishli sport turlari bo‘yicha diplom va murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная