Toshkentda Lacetti haydovchisi YPX xodimini kapotda haydab ketdi — video
Holat yuzasidan mutasaddi idoralar hozircha rasmiy izoh bermadi.

2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi YPX xodimini avtomobil kapotida aylantirgani aks etgan video tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkent shahri Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan. Erkak huquq-tartibot xodimini avtomobili kapotida uchirib ketdi. Uning yo‘lini boshqa haydovchilar to‘sib qo‘ydi.
YPX xodimining ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda haydovchi YPX xodimlaridan yashirinishga urinib, yo‘l chetiga chiqib ketgandi. Jinoyatchining yonida hujjatlari bo‘lmagan, uning avtomobili esa qidiruvda bo‘lgan.
Izohlar