Hodisa

Toshkentda ko‘p qavatli uyning chordog‘i yonib ketdi — video

Yong‘inni o‘chirish uchun mutaxassislarga 40 daqiqa kerak bo‘ldi.

31-iyul kuni Toshkentda ko‘p qavatli uyning chordog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi, qutqaruvchilar 40 daqiqadan keyingina olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Sergeli tumani Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida soat 12:58 da xabar kelib tushgan va soat 13:17 da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Mutaxassislar yong‘inni soat 13:38 da qurshab olib, soat 13:59 da batamom o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlab, yetkazilgan zarar miqdorini hisoblamoqda.

Avvalroq Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная