Toshkentda ko‘p qavatli uy yonib ketdi
Yong‘inni o‘chirish uchun qutqaruvchilarga taxminan o‘n daqiqa kerak bo‘ldi.

29-iyun kuni Toshkentda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB matbuot xizmati.
Voqea soat 21:44 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar FVBga Yunusobod tumani 19-uydagi 11-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 21:55 da manzilga yetib borib, yong‘in soat 22:02 da o‘chirilgan. Yong‘in qurbonlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi ziyofat zallaridan birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Jabrlanganlar yo‘q.
Izohlar