Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi yonib ketdi — video
Bunga qurilish materiallarining yonishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 11:11 da Toshkent shahar Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida qurilish materiallari yonganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilda navbatchilik qilgan va yordamga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv guruhlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda choyxona yonib ketgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni bir soatdan ortiq vaqt davomida o‘chirgan.
Izohlar