Toshkentda ikkita yengil avtomobil va garmoshkali avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘chadan avtobusda o‘tgandi.

15-oktyabr kuni Toshkentda ikkita yengil avtomobil va bitta King Long avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, hodisa soat 17:05 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv Lacetti, Hongqi avtomobillari va King Long garmoshka avtobusi o‘rtasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurib, Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish natijalari bilan tanishgandi. Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birga avtobusda ko‘cha bo‘ylab yurib, qulayliklar bilan tanishdi, yo‘lovchilar bilan suhbatlashgan.
Izohlar