Hodisa

Toshkentda ikkita Matiz haydovchilari YTHga uchradi

Jabrlanganlar bor, YHXX tergov boshladi.

Фото: Ситуативное

12-oktyabr kuni Toshkentda ikkita Matiz yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar bermoqda YHXX axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 16:05 da Sergeli tumani Fayzli ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv ikki Matiz avtomobili o‘rtasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida uch nafar ishtirokchiga shifokorlar tomonidan birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ushbu fakt bo‘yicha tergov boshlandi.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini va belgilangan tezlikdan oshmasliklarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda akasining mashinasida ketayotgan o‘smir YTHga uchragandi. Hodisa oqibatida uning mashinada bo‘lgan do‘sti salondan uchib chiqib, vafot etgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная