Hodisa

Toshkentda IIV va DXX xodimlari bir guruh giyohvand moddalar savdogarlarini qo‘lga oldi

Yashirin laboratoriyada huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 50 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar aniqlangan.

Toshkentda IIV va DXX xodimlari kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan guruhni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumanida ikki nafar gumonlanuvchining avtomashinasi tekshirilganda, 353 dona “Pregabalin” va 25 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlangan. Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgan guruhning yana ikki a’zosi qo‘lga olindi.

Ularning uyidan 50 kg va 1200 dona qadoqlangan “Pregabalin”, 2 kg va 400 dona “Tropikamid”, 2 litr xomashyo, qadoqlash uchun 112 ming dona flakon va kapsulalar hamda boshqa ashyoviy dalillar topib olingan. Ma’lum qilinishicha, aybdorlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida DXX xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi oilaviy UJGni fosh qilgan edi. Jinoyatchilar taqiqlangan moddalar aylanmasiga o‘z farzandlarini ham jalb qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная