Hodisa

Toshkentda IIB xodimi xizmat xonasida giyohvand moddalar laboratoriyasini tashkil etdi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari profilaktika inspektorining uyini tintuv qilishdi, u yerda ham yerga ko‘milgan giyohvand moddalar topildi.

Toshkentda profilaktika inspektori o‘z xizmat xonasida narkologik laboratoriya tashkil etdi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Hodisa Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari IIB profilaktika inspektorining xizmat xonasini ko‘zdan kechirishdi. Ma’lum qilinishicha, avvalroq erkak kuzatuv ostida bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, inspektor ushbu xonada giyohvandlik laboratoriyasini tashkil qilgan.

Ulardan 10,5 kg “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi, 4 gr “spays”, shuningdek, giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun ishlatiladigan 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar va elektron tarozilar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bundan tashqari, inspektorning Toshkent viloyatidagi uyi ko‘zdan kechirilganda 430 grammga yaqin “Alfa-PVP” tuproqqa ko‘mib qo‘yilgani aniqlandi va olib qo‘yildi.

Telegram`da sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi noma’lum shaxsning topshirig‘iga ko‘ra, IIB xodimi kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kelingan moddalarni narkokuryerlardan qabul qilib, yashirin laboratoriyada o‘limga olib keluvchi zahar tayyorlab, tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) hamda 273−25-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, xuddi shuningdek ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida DXX xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi oilaviy UJGni fosh qilgan edi. Jinoyatchilar taqiqlangan moddalar aylanmasiga o‘z farzandlarini ham jalb qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная