Hodisa

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan ayol YPX xodimini haqorat qildi — video

Ayol va uning dugonasiga tanishini yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortmoqchi bo‘lishgani yoqmagan.

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan ayol YPX xodimini haqorat qildi — video

29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayol YPX xodimini haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. IIBB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. YPX xodimi qoidabuzarlikni payqab, Gentra avtomobilini to‘xtatgan. Inspektor ma’muriy bayonnoma tuzishni rejalashtirgan, biroq haydovchi hujjatlarni imzolashdan bosh tortgan.

Keyinroq ularning oldiga Tracker avtomobilida ikki ayol kelgan. Ular YPX xodimini haqorat qila boshlashdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Tracker haydovchisi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan. Uning mashinasi oynalari ham ruxsatsiz qoraytirilgan.

“U meni videoga olayotgandi, u buni qilmasligi uchun telefonini tortib olishga harakat qildim. Keyin menga mashinani jarima maydoniga jo‘natishlarini aytishdi. Avvaliga qarshilik ko‘rsatdim. Keyin rozi bo‘ldi va jarima maydonchasiga bordi. Bo‘lib o‘tgan voqea davomida his-tuyg‘ularimni nazorat qilmadim va inspektorni uyatli so‘zlar bilan haqorat qildim. Xulq-atvorim uchun ichki ishlar xodimlari va butun xalqdan uzr so‘rayman”, dedi haydovchi.

Sud ayolni 41-modda (haqorat qilish) va 194-modda (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topdi. U 30 BHM miqdorida jarimaga tortildi.

Ikkinchi ayol 194-modda bilan jazolandi va BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Haydovchi erkak Jinoyat kodeksining 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalari bilan aybdor deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bir nechta avtomobilni urib yuborgan Gentra yo‘lovchisi qo‘lga olingandi. Ayollar YPX xodimlarining ogohlantirishiga qaramay, atrofdagi odamlarni haqorat qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid