Toshkentda firibgarlar fuqarolarning kartalariga virusli ilovalar orqali pul o‘g‘irladi — video
Jinoyatchilar milliardlab so‘mlarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Toshkentda.apk ijtimoiy tarmoqlarida virusli ilovalarni tarqatgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati.
Firibgarlar virusli dasturlar yordamida fuqarolarning bank kartalaridan pullarni o‘g‘irlashgan. Tezkor tadbirlar davomida guruhning 11 nafar a’zosi aniqlanib, ulardan 5 nafari qo‘lga olingan. Tekshiruvlar davomida 133 ta bank kartasidan 2,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘g‘irlangani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, guruhning boshqa a’zolarini aniqlash ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir guruh firibgarlar fuqarolarning kartalaridan pul o‘g‘irlagan. Huquqbuzarlar 117 ta kartadan 1 milliard so‘mni o‘g‘irlashga ulgurgan. Firibgarlik harakatlari va o‘g‘riliklarni boshqarish call-markaz orqali amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhni turli davlatlar fuqarolari tashkil etgan.
Izohlar