Toshkentda fuqarodan 4 ming dollar olgan va uning o‘rniga qalbaki dollarlarni qaytargan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Hodisa Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. Muqaddam sudlangan fuqaro o‘z tanishi ishonchiga kirib, 4 tonna pomidor yetkazib berish evaziga undan 4 ming dollar olgan va bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, qalbaki 4 ming dollarni 100 dollarlik kupyuralarda topshirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda erkak chorva mollari uchun soxta dollar to‘lagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kelishuv paytida firibgarni qo‘lga olishdi.






















