Toshkentda erkak ko‘p qavatli uy derazasidan tushib ketdi — video
Avvalroq ushbu turar joy majmuasida yosh bolali ayol o‘z joniga qasd qilgandi.

2-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 10-qavatdan odam qulagani haqida xabar tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, fojia Toshkentning Olmazor tumanidagi Olmazor City turar joy majmuasida sodir bo‘lgan. Erkak uyning 10-qavati derazasidan tushib ketgan. Uning ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro vafot etgan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu turar joy majmuasida ikki bolali qiz ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan o‘zini tashlagandi. U dastlab 1 va 3 yoshli o‘g‘illarini turtib yuborgan, shundan so‘ng o‘zi sakrab tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura NOVA24`ga ma’lum qilgan. Ona voqea joyida vafot etdi, bolalar tirik qoldi — ularning hayoti uchun hozir shifokorlar kurashmoqda.
Izohlar