Hodisa

Toshkentda erkak ko‘chada tanishini pichoqladi — video

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, hujum qilgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Toshkentda erkak ko‘chada tanishini pichoqladi — video

23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh yigit pichoqlangani haqida xabar tarqaldi. IIBB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 22-may kuni soat 20:00 larda Toshkent shahar Olmazor tumani Chustiy mahallasida sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan yigit va uning 2006-yilda tug‘ilgan tanishi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Yigit tanishini pichoq bilan urdi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hujum qilgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak huquq-tartibot xodimining bo‘yniga pichoq urgandi. Hujumchi 20 yildan ortiq vaqt davomida ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.

Izohlar

Mavzuga oid