Toshkentda erkak internetda ginekolog qiyofasida pulli maslahatlar tarqatgani aniqlandi
Huquqbuzar ustidan haqiqiy shifokor shikoyat qilgan, uning shaxsidan firibgar o‘z faoliyati uchun foydalangan.

Toshkentda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ginekolog shifokor sifatida tanishtirib, ayollarga maslahat bergan 29 yoshli erkakka hukm o‘qildi, deb yozadi Kun sud qarorlariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli erkak haqiqiy mutaxassisning fotosuratidan foydalanib, soxta akkaunt ochib, u orqali noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatgan va “maslahatlar” uchun haq olgan.
Erkak o‘z shaxsini niqob qilib olgan erkak bundan xabar topib, firibgarning xatti-harakatlari uning kasbiy obro‘siga putur yetkazayotganini aytib, shikoyat qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi erkakni yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybdor deb topib, unga BHMning 50 baravari (18,7 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Avvalroq Toshkentda millionlab dollar kredit va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Ayblanuvchilardan biri ilgari sudlangan bo‘lib chiqqan.
Izohlar