Toshkentda erkak huquq-tartibot xodimining bo‘yniga pichoq urdi — video
Jinoyatchi 20 yildan ortiq vaqt davomida ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.

19-may kuni Toshkentda PPX xodimi shubhali fuqaroning hujjatlarini tekshirish chog‘ida pichoqlangan. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yunusobod tumanidagi “Yunusobod” bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Postda bo‘lgan PPX xodimi yer osti o‘tish joyi yaqinida shubhali fuqaroni payqab qolgan. Huquq-tartibot xodimi erkakni to‘xtatib, uni tekshirmoqchi bo‘lgan, biroq huquqbuzar pichoqni tortib olib, tartib posbonlariga hujum qilgan.
Erkak huquq-tartibot xodimining bo‘yniga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, u yerda shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2005-yildan buyon ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan 62 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 25-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar