Toshkentda elektr ta’minotida navbatdagi uzilishlar kutilmoqda
Bir necha soat davomida elektr bo‘lmaydi.

1-iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Oltintopgan” va “Sohil” mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq O‘zbekistonda elektr va gaz uchun kompensatsiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘lovni qanday olish mumkinligini ma’lum qilgan.
Izohlar