Hodisa

Toshkentda elektr samokat yong‘in keltirib chiqardi — video

Yong‘in oqibatida bir nechta velosiped va samokatlar to‘liq yonib ketgan.

Toshkentda elektr samokat yong‘in keltirib chiqardi — video

30-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 08:03 da Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasi 25-uy yonida sodir bo‘lgan. Dastlab yong‘inga elektr samokatlar sabab bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, yong‘in soat 08:09 da bartaraf etilgan.

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi issiqxonalardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yonib ketgan quruq o‘t sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid