Hodisa

Toshkentda direktor birinchi sinf o‘quvchilari xonasiga bostirib kirib, o‘qituvchiga baqirdi — video

Erkak bolalarni qo‘rqitmaslik iltimoslariga e’tibor bermagan, holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlandi.

11-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori birinchi sinf o‘quvchilari bilan sinfda o‘qituvchiga baqirgani aks etgan video tarqaldi. Uchtepa tumani hokimligi hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 62-maktabda sodir bo‘lgan. Kadrlarda maktab direktori dars jarayonida birinchi sinf o‘quvchilari xonasiga bostirib kirib, o‘qituvchiga baqira boshlaganini ko‘rish mumkin. Undan bolalarni baqirib qo‘rqitmaslikni so‘rashadi, erkak bunga e’tibor bermaydi va baland ovozda gapirishda davom etadi.

Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyevning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2024 yil oktyabr oyida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davrida ushbu maktabda amaliyot o‘tayotgan OTM talabalari tomonidan videotasvirga olingan.

2024-yil oktyabr oyida tuman hokimligi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi direktorga pedagogik etika va xulq-atvor me’yorlariga zid xatti-harakatlari uchun ogohlantirish berilganini ma’lum qildi. Komissiya a’zolari tomonidan olib borilayotgan o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalarni ayovsiz kaltaklagan noqonuniy diniy maktablar aniqlangandi. Shu bilan birga, ota-onalar ko‘karishlar va jarohatlarga qaramay, o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная