Hodisa

Toshkentda Cobalt haydovchisi mototsiklchini urib yubordi — video

Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

1-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlarda Cobalt avtomobili haydovchisi katta tezlikda oldindagi avtomobilni quvib o‘tgani, shundan so‘ng mototsiklchiga borib urilgani va uni bosib ketganini ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, haydovchi va mototsiklchi jabrlanmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mototsiklchi harakat vaqtida yengil avtomobil haydovchisining yon oynasiga shikast yetkazgani haydovchini g‘azablantirgan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda haydovchi tezlikda mototsiklni urib yuborgandi. To‘qnashuv lahzasi videoregistratorga tushdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная