Toshkentda bolani sotish to‘g‘risidagi e’lon kim tomonidan joylashtirilgani aniqlandi
IIB xodimlari tekshiruv boshladi.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berishicha, uch yoshli bolani sotish haqidagi e’lonni uning voyaga yetmagan akasi joylashtirgan.
Huquq-tartibot organlari ushbu e’lon qaysi hisobdan joylashtirilganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ota-onasi bilan yashovchi 2012-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘il bola onlayn platformada o‘z nomidan 2022-yilda tug‘ilgan ukasini «sotish» haqida e’lon joylashtirgan.
Xabar qilinishicha, o‘smir ukasining sho‘xliklari sababli uni «tarbiyalash maqsadida» e’lon joylashtirgan va narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB xodimlari tomonidan dastlabki tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir: “Ayab boqilgan, ko‘p ovqat yemaydi, ismi Muhammad”: Toshkentda uch yoshli bolani sotish to‘g‘risida e’lon berildi. Bolalar ombudsmani huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda vaziyatni o‘rganmoqda. Bolalar ombudsmani huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda vaziyatni o‘rganmoqda.
Izohlar