Toshkentda blogerlar hayp uchun piyodalar zinapoyasida avtomobilda sayr qilishdi
Ular Lacetti`ni Mercedes-Benz`ning ehtiyot qismlari bilan jihozlagan va shu tariqa mashinani sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Toshkentda blogerlar hayp uchun piyodalar zinasidan Lacetti mashinasida o‘tishdi. IIB matbuot xizmati holatga izoh berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan. Yigitlar yo‘l kesishmasi yonidagi piyodalar zinapoyalaridan birini tanlashdi. Ular o‘z mashinasining yurish qismini Mercedes-Benz’ning ehtiyot qismlari bilan qayta jihozlab, uni shu tarzda sinovdan o‘tkazishga qaror qilishdi.
Videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, tartib posbonlari huquqbuzarlarning shaxsini aniqlab, ma’muriy javobgarlikka tortgan. Yigitlar o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirib, bunday tajribalar boshqa takrorlanmasligiga ishontirishdi.
Avvalroq O‘zbekistonda bloger o‘zini jinoyatchilik vakili qilib ko‘rsatish uchun bolaga pul to‘lagani haqida xabar berilgandi. Bolani qarovsiz qoldirgan ota-ona ham, hayp ortidan quvgan video muallifi ham jazolangan.
Izohlar