Hodisa

Toshkentda birdaniga uchta avtomobil yirik YTHga uchradi — video

Hodisa oqibatida barcha mashina haydovchilari va bir nafar yo‘lovchi jabrlangan.

20-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt YHXB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa soat 19:50 da Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt, Nexia-3 va Lacetti avtomobillari to‘qnashgan. YTH oqibatida avtomashina haydovchilari va Lacetti yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Baxtsiz hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda YPX xodimi bir nechta avtomobil bilan YTH sodir etgandi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri va inspektor jarohatlangan. Hodisa vaqtida barcha haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная