14-yanvar kuni Toshkentda birdaniga uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Hodisa soat 18:50 atrofida Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy 2-tor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchta avtomobil to‘qnashgan: 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Malibu-2, 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi KIA va 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan ayol piyodalar o‘tish joyida ikki bolali ayolni urib yuborgandi. Yo‘l-transport hodisasi aybdori ozodlikni cheklash bilan qutul qolgan.