Toshkentda birdaniga to‘rtta avtomobil YTHga uchradi — video
Haydovchilardan biriga shifokorlar yordami kerak bo‘ldi.

27-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26-avgust kuni soat taxminan 14:30 da Toshkentning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yirik avariya sodir bo‘lgan. ZEEKR, Matiz, “VAZ-2105” va Nexia-2 avtomobillari bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. YTH natijasida ZEEKR avtomobili haydovchisiga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘llardagi YTHlar soni 41 foizga kamaygan. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ta’kidlashicha, yo‘l inspektorlarining ishi yetarli emas, chunki bu masalada yo‘l infratuzilmasining o‘zi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xavfsizlikni oshirish maqsadida yo‘llarga yangi belgilar va zamonaviy svetoforlar o‘rnatilmoqda.
Izohlar