Toshkentda bir oyda 25 kg giyohvand modda musodara qilindi
Mutaxassislar minglab psixotrop dori vositalarini musodara qilgan.

Toshkentda 2025-yil noyabr oyida 25 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, IIV, IIBB va DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda qator tezkor tadbirlar o‘tkazgan.
25 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, 18 kg 692 gr sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq ko‘plab holatlarga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, mutaxassislar 4 749 dona psixotrop dori vositalarini musodara qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ayni paytda Toshkent shahrida giyohvand moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish va unga chek qo‘yishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda DXX xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik UJGni fosh qilgani haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 17 kg sintetik giyohvand moddalar tarqalishining oldini oldi.
Izohlar