Hodisa

Toshkentda bir kechada ikkita yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video

Shimoliy temiryo‘l vokzalining vagon ta’mirlash ombori hududi va ochiq maydondagi quruq o‘t yonib ketgan.

Toshkentda bir kechada ikkita yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video

16-may kuni Toshkentning Shimoliy vokzali hududidagi vagonlarni taʼmirlash ombori hududida kuchli yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, qutqaruvchilarga yongʻin haqida xabar soat 23:58 da kelib tushgan. O‘t o‘chirish brigadalari voqea joyiga soat 00:03 da yetib kelishgan. Yong‘in soat 01:31da o‘rab olingan va 02:48da o‘chirilgan, yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. Qo‘shimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.

Bundan tashqari, 15-may kuni soat 20:10da Bektemir tumanidagi “Yoq ota” mahallasida ham katta yong‘in sodir bo‘lgan . Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 20:19 da yetib kelgan va yong‘inni o‘chirish ishlarini olib bormoqda. Hodisa oqibatida tinch aholi orasida qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida sanoat zonasidagi ombor yong‘inga uchragan : voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib kelgan. Hodisga joyiga to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid