Toshkentda bezorilik qilgan fuqaro uch sutkaga qamaldi
Sudda erkak aybiga iqror bo‘ldi, pushaymon bo‘ldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi.

Toshkentda notanish ayolga tegajog‘lik qilgan 39 yoshli fuqaro uch sutkaga qamaldi, deyiladi sud qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 26 sentyabr kuni Chilonzor tumanidagi “GOLD MOON TASHKENT” korxonasi hududida sodir bo‘lgan. 39 yoshli fuqaro notanish ayolning ko‘krak qismidan ushlab, tegajog‘lik qilgan. Sudda huquqbuzar aybiga iqror bo‘ldi, pushaymon bo‘ldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi erkakni MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Avvalroq Toshkent viloyatida mast erkak qo‘shnisiga tegajog‘lik qilib, panjara ortiga o‘tirgani haqida xabar berilgandi. Sud jinoyatchini besh sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilgan.
Izohlar