Hodisa

Toshkentda besh nafar maktab o‘quvchisi sinfdoshini kaltakladi — video

Мальчики по очереди наносили удары по спине и груди девочки, а также пинали ее.

13-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchi qizning sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani haqida ma’lumot tarqaldi. Toshkent shahar MMTB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kaltaklash 20-sentyabr kuni 300-maktabning 4-sinfida sodir bo‘lgan. Besh nafar o‘g‘il bola sinfdoshiga hujum qildi — ular navbatma-navbat uning orqasi va ko‘kragiga zarbalar berishdi, shuningdek, uni tepishdi. Maktab ma’muriyati hodisa haqida profilaktika inspektori va maktab inspektor-psixologiga xabar bergan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mushtlashuvda ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalari Jinoyat kodeksining 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ular BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Shuningdek, maktab direktori va mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: “Og‘ziga choyshab tiqib, bo‘g‘ib, yuziga urgan”: Tarbiyachi bog‘chada ikki yoshli bolani qiynab o‘ldirdi Ayol vahshiylarcha kaltaklanganidan so‘ng hamkasblaridan yordam so‘rab, bolani o‘ziga keltirishga harakat qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная