Hodisa

Toshkentda bemor vafot etgan xususiy klinika faoliyati to‘xtatildi

Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi xususiy klinikada bemorning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tibbiyot muassasasi faoliyati to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 29-noyabr kuni xususiy klinika shifokorlariga nisbatan 116-modda (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaroriga asosan klinika faoliyati rasman to‘xtatilgan.

Barcha protsessual harakatlar, shu jumladan, qamoqqa olishlar qonunga to‘liq muvofiq amalga oshirilmoqda hamda odil va xolis sudlov kafolatlanmoqda, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 12-noyabr kuni Toshkentda 31 yoshli erkak burnini operatsiya qildirish uchun xususiy klinikaga murojaat qilganidan so‘ng vafot etgandi. Marhumning turmush o‘rtog‘i tekshiruv natijalarini kardiologga Telegram orqali yuborganini va bemorning yuragi normal holatda ekani hamda operatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligini tasdiqlaganini, biroq keyinchalik yozishmalar o‘chirib tashlanganini aytgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная