Hodisa

Toshkentda bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi

Sudlanuvchining ta’kidlashicha, u o‘g‘irlik sodir etganida kameralar va qo‘riqchilar borligini bilmagan.

Bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi Millar.

Sudda sudlanuvchi bank bo‘limida kuzatuv va qo‘riqlash kameralari borligini bilmaganini aytdi. U ham qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi. Sudlanuvchining xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bank xodimi sudlanuvchiga nisbatan da’vo arizasi kiritmaganini aytib, unga nisbatan qonunda belgilangan jazoni tayinlashni so‘radi.

Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘yinchoq uning nabirasiga tegishli bo‘lgan va u hayotida qiyinchiliklar bo‘lgani uchun bu ishga qo‘l urgan. Ayblov tomoni erkakni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Erkak Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 18-aprel kuni Yunusobod tumanidagi banklardan birida sodir bo‘lgan. Erkak bank binosiga kirib, odamlarga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qila boshlagan. Bank xodimlari trevoga tugmasini bosgan va voqea joyiga tezkor xodimlar yetib kelgan. Hodisa natijasida bankning oynalari singan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная