Toshkentda ayrim aholi punktlari elektr ta’minotidan uziladi — manzillar
Kechgacha chiroq bo‘lmaydi.

30-may kuni Toshkent shahri Bektemir tumanining ayrim joylarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi.
Mutaxassislar mavjud elektr qurilmalarini ta’mirlash ishlarini olib boradilar. Shu sababli quyidagi mahallalarda soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi:
- Bektemir tumani: “Oltintopgan”, “Abay”, “Bektemir”, “Sohil”, “Majnuntol” va “Rohat”.
Ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan muddatdan oldin tugallanishi mumkin. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.
Izohlar