Toshkentda ayol mehribonlik uyidagi uch nafar farzandiga 57 mln so‘m aliment qarzdor bo‘lib qoldi
Tartib posbonlari huquqbuzar ayolni chegarada ortga qaytarib, sudga olib kelishdi.

Toshkentda uzoq yillar davomida bolalar uyida tarbiyalangan uch nafar farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ayolga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda ayolga farzandlari tarbiyalangan 22-sonli mehribonlik uyi foydasiga daromadining yarmini o‘tkazish majburiyati yuklatilgan. Biroq, huquqbuzar ayol bu pullarni to‘lamagan, shuningdek, tartib posbonlaridan noma’lum manzilda yashiringan.
Ayol mamlakatni tark etishni rejalashtirgan, biroq safar chog‘ida ijrochi uni topa olmagani va huquqbuzarga qidiruv e’lon qilingani sababli unga nisbatan cheklov qo‘yilganini bilib qolgan. MIBning Toshkent bo‘yicha qidiruv bo‘limi xodimlari qayta hisob-kitob qilib, ayolning qarzdorligi 57 million so‘mdan ortiq ekanligini aniqladi.
Shuningdek, sud majburiyatlarni bajarishdan uzoq vaqt bo‘yin tovlaganini inobatga olgan, natijada ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan
Avvalroq aliment to‘lamagan shaxs pristavlardan qo‘rqib, quduqqa tushib ketgani xabar qilingandi. Quvlik muvaffaqiyatsiz tugadi, erkak sudga olib ketildi.
Izohlar