Hodisa

Toshkentda avtobus yo‘lovchilari yengil avtomobil haydovchisini kaltakladi — video

Avtomobil haydovchisi jamoat transporti oldida xavfli harakatlarni amalga oshirib, YTHga sabab bo‘lgan.

Toshkentda avtobus yo‘lovchilari yengil avtomobil haydovchisini kaltakladi — video

Toshkentda avtobus yo‘lovchilari yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, jamoat transporti oldida xavfli tarzda harakatlanayotgan yengil avtomobil haydovchisini kaltakladi, deb xabar bermoqda Millar.

Voqea 25-aprel kuni tunda Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Yengil avtomobil haydovchisi xavfli harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan va 69-sonli avtobusning yo‘lini ataylab to‘sib qo‘ygan. Avtomobil haydovchisining harakatlari natijasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

YTH sodir bo‘lgan vaqtda avtobusda 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ularning ba’zilari to‘qnashuvda yiqilib tushgan. Shundan so‘ng, yo‘lovchilar avtobusdan sakrab tushib, yengil avtomobil haydovchisini kaltaklagan. Avtobus haydovchisi mojaroga aralashmaslikka qaror qildi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda o‘smirlar tengdoshini urib o‘ldirgandi. Mojaroga ijtimoiy tarmoqlardagi janjal sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid