Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchini salonda energetik ichimlik ichgani uchun tushirib qoldirdi
Haydovchi ishlaydigan avtobus saroyining rahbariyati u bilan tushuntirish suhbati o‘tkazdi.

Toshkentda haydovchi energetik ichimlik iste’mol qilgan fuqaroni avtobusdan tushirib yubordi. “Toshshahartransxizmat” vaziyatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2-sonli avtobus saroyiga qarashli 24-yo‘nalish avtobusi haydovchisi bilan yuz bergan. Yo‘lovchilardan biri avtobus salonida energetik ichimlik ichgan, bu esa boshqa yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Natijada ko‘pchilik yo‘lovchilarning talabi bilan avtobus haydovchisi haligi kishidan avtobusni tark etishni so‘ragan. Voqeadan so‘ng haydovchi avtobus saroyiga chaqirilgan va rahbariyat u bilan tushuntirish suhbati o‘tkazgan. Shuningdek, haydovchiga ogohlantirish berilgan.
Ilgari xabar qilinganidek, barcha yo‘lovchilarni yarim yo‘lda tushirib yuborgan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatilgandi. “Toshshahartransxizmat” bu hodisaga aniqlik kiritgan.
Izohlar