Toshkentda avtobus bekatga urildi, konstruksiya yo‘lovchi ustiga qulab tushdi
Jabrlanuvchi tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan, u og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Toshkentda avtobus haydovchisi to‘qnashishi oqibatida bekat konstruksiyasi yo‘lovchi ustiga qulab tushdi, deb xabar bermoqda Millar.
Voqea poytaxtdagi avtobus bekatlaridan birida sodir bo‘lgan. Erkak o‘z avtobusini kutib turganida, jamoat transporti haydovchisi bekatga urilgan va konstruksiya yo‘lovchi ustiga qulagan. Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Menga aniq kim yordam berganini bilmayman. Avvaliga vayronalar ostidan zo‘rg‘a chiqib oldim. Keyin odamlar kelib, meni tortib olishdi, suv berishdi, tez yordam mashinasini chaqirishdi va yordam bera boshlashdi. Keyin meni olib ketishdi”, — deydi jabrlanuvchi.
Ma’lum qilinishicha, erkak boshidan jarohat olgan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar Toshkentdagi bekatlarni yaxshilashga chaqirilgandi. Hokimlik tadbirkorlar bundan qanday foyda olishi mumkinligini aytgan.
Izohlar