Toshkentda Audi tez yordam mashinasiga borib urildi: zarbadan mashina ag‘darilib ketdi
Ikki nafar jabrlanuvchiga shifokorlar yordami kerak bo‘ldi.

6-sentyabrga o‘tar kechasi Toshkentda xorijiy avtomobil tez yordam mashinasiga borib urildi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Hodisa Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasidagi 12A-uy yonida sodir bo‘lgan. Audi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Ford tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv natijasida tez yordam mashinasi ag‘darilib ketdi. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Ford avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va bir kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Ikkala holatda ham yengil avtomobil haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yonma-yon harakatlanayotgan yuk mashinalariga borib urilgan.
Izohlar