14-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi turar joy majmualaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 13-yanvar kuni soat 23:59 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Niyoziy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:04 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:37 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘lgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni bir necha daqiqada bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 2-lot hududida konteyner yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Hech kim jabrlanmagan.
























